Dongguk universiteti professori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
14.11.2024
Dongguk universiteti professori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 13-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Dongguk universiteti taʼlim boʻlimi professori Namin Shin xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.Uchrashuv avvalida Namin Shin xonim Dongguk universiteti tomonidan olib boriladigan loyihalar va Koreya taʼlim tizimi va hozirgi kunda qoʻllaniladigan ilgʻor tajribalar yuzasidan atroflicha maʼlumot berib oʻtdi.Shuningdek, Oʻzbekistonda taʼlim innovatsiyalarini rivojlantirishga qarat...

PISA 2025 asosiy jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha xalqaro uchrashuvda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda
14.11.2024
PISA 2025 asosiy jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha xalqaro uchrashuvda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida PISA 2025 tadqiqoti “Milliy loyiha menejerlarining uchinchi uchrashuvi” bo‘lib o‘tmoqda.Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda Avstraliyaning ACER tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda 91 ta davlat tashrif buyurgan 200 nafardan ortiq mutaxassislar qatorida O‘zbekiston vakillari sifatida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va Ta‘limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaz...

“Zamonaviy kasblar” mavzusida seminar trening o‘tkazildi
14.11.2024
“Zamonaviy kasblar” mavzusida seminar trening o‘tkazildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamkorligida “Zamonaviy kasblar” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.Seminar davomida oʻquvchilar Mehnat bozoriga kirib kelayotgan zamonaviy kasblar bilan tanishtirildi. Bundan tashqari Respublika tashxis markazi tomonidan oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida tashkil qilingan “Kasbim kelajagim” onlayn...

“Maktabda yangi baholash tartibining amaliy tatbiqi: muammolar va yechimlar mavzusida” seminar-trening tashkil etildi
13.11.2024
“Maktabda yangi baholash tartibining amaliy tatbiqi: muammolar va yechimlar mavzusida” seminar-trening tashkil etildi

Joriy yilning 8-noyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublik ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda pedagoglar uchun “Maktabda yangi baholash tartibining amaliy tatbiqi: muammolar va yechimlar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.Tadbir davomida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholashning yangi tartibi, formativ va summativ baholash, formativ baholash metod va texnologiyalar, summativ baholash shakllari va imtihon jarayonlarini tashkil etish tartibi haqida...

Umumtaʼlim maktablari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etildi
13.11.2024
Umumtaʼlim maktablari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etildi

Joriy yilning 7-8-noyabr kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan umumtaʼlim maktablari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etildi.Kuzgi taʼtil hamda oʻqituvchilarning “Kasbiy rivojlantirish kunlari” da o‘tkazilgan jarayonlar uchun yuborilgan materiallar tahlil qilinib, eng yaxshi metodik resurslar mualliflari trener sifatida jalb etildi.Marafon davomida respublikadagi barcha tuman (shahar)laridagi tayanch maktablari pedagoglar ishtirok etdi va unda mashgʻ...