Markaz raqami
+998 97 771-60-04
Markaz raqami
+998 97 771-60-04
Pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning
samarali shakl va metodlarini joriy etish boshqarmasi
Boshqarmada quyidagi boʻlimlar mavjud:
·
Multimedia resurslarini ishlab chiqish va joriy etish boʻlimi
·
Axborot texnologiyalarini joriy etish va taʼlim jarayonlarini
raqamlashtirish boʻlimi
·
Laboratoriya va amaliy ishlarni oʻtkazish texnologiyalarini
ishlab chiqish boʻlimi
·
Mediamarkaz
Boshqarmaning asosiy vazifalari
taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik
texnologiyalarni hamda oʻqitishning samarali shakl va
usullarini joriy qilish;
yangi va zamonaviy oʻqitish
metodikalarini oʻrganish va takomillashtirish;
taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy
va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish;
taʼlim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari
yutuqlaridan keng foydalanish boʻyicha ilmiy ishlanmalar va
tavsiyalar tayyorlash;
taʼlim sohasidagi ilgʻor amaliyotni oʻrganish va tizimli tahlil qilish hamda uni respublikada joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;
yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan
aloqalarni rivojlantirish;
taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy
va amaliy tadqiqotlar usullarini aniqlash, tahlil qilish, taʼlim jarayoniga
tatbiq etish choralarini qoʻrish;
taʼlim muassasalari uchun yangi zamonaviy multimedia
resurslari, shuningdek, laboratoriya va amaliy ishlarni oʻtkazish boʻyicha yangi innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab
chiqish, shuningdek, tajriba sinovdan oʻtkazish va
amaliyotga joriy etish;
taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini
raqamlashtirish yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va
taʼlim jarayoniga tatbiq etish;
taʼlim sohasiga oid yangiliklarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida media mahsulotlar tayyorlash va ularni targʻib qilish.