Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’lim normativlari

Taʼlim sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish boshqarmasi

 

Boshqarmada quyidagi boʻlimlar mavjud:

 

– Ta’lim standartlari va dasturlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish bo‘limi;

– Ta’lim tashkilotlarini jihozlashga nisbatan moddiy-texnik talablarni ishlab chiqish bo‘limi;

– Pedagogik mahoratni rivojlantirish bo‘limi;

– Ixtisoslashtirilgan pedagogika va inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘limi.

 

 

Boshqarmaning asosiy vazifalari

 

– Taʼlim sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish maqsadida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimning amaldagi hujjatlarini oʻrganish va ilgʻor milliy hamda xorijiy tajribalarni tahlil qilish;

– Taʼlim turlari boʻyicha mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, normativ hujjatlarni ishlab chiqish/takomillashtirish rejasini tayyorlash, shu jumladan aniq maqsadlar, vazifalar, resurslar, hamkorlar va muddatlarni belgilash;

– Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, qisqa muddatli, shu jumladan xususiy oʻquv kurslarning taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablar loyihalarini ishlab chiqish, manfaatdor tashkilotlar va keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari va takliflarini oʻrganish, natijalarni tahlil qilish va olingan maʼlumotlar asosida talablarni takomillashtirish hamda tasdiqlash uchun rahbariyatga taqdim etish;

– Taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagogik kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilgʻor shakllarini joriy qilish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish boʻyicha talablar loyihalarini ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun taqdim etish;

– Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari hamda oʻquv kurslarini moddiy-texnik jihozlash boʻyicha talablar loyihalarini inklyuzivlik, sogʻliqni asrash va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqish, manfaatdor tashkilotlar bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun taqdim etish;

– Taʼlim sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha yangi tendensiyalar va izlanishlar asosida doimiy rivojlanish hamda boshqarma xodimlari motivatsiyasini qoʻllab-quvvatlash, uzluksiz oʻsish va rivojlanish uchun sharoit yaratish;

– Boshqarmaga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish boʻyicha ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar tayyorlash;

– Taʼlim sohasidagi ishlab chiqilgan, takomillashtirilgan normativ hujjatlarni amaliyotga joriy etishning samarali shakllari va usullari boʻyicha ilgʻor tajribalarni almashish, oʻrganilgan tajribalar asosida seminarlar va vebinarlarni oʻtkazish;

– Taʼlim sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish samaradorligini monitoring qilish asosida olingan maʼlumotlarni tahlil qilish va ular asosida qarorlar qabul qilish, strategiyalarni ishlab chiqish;

– Taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar usullarini aniqlash, tahlil qilish, amaliyotga joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish choralarini qoʻrish;

– Taʼlim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlarini oʻrganish va tahlil qilish. Oʻrganilgan maʼlumot va tajribalar asosida taʼlim jarayonida keng foydalanishga qaratilgan turli shakl va koʻrinishdagi ilmiy ishlanmalar hamda tavsiyalar ishlab chiqish;

– Taʼlim sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etishdagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida ekspert va mutaxassislar ishtirokida ishchi guruh tuzish, boshqarma faoliyati bilan bogʻliq ilgʻor amaliyotni oʻrganish va tizimli tahlil qilish. Oʻrganilgan maʼlumot va tajribalarni respublika maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlimda joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

– Taʼlim sohasi boʻyicha yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilot va xalqaro agentliklar bilan aloqalarni oʻrnatish, kelishuv, shartnoma va memorandumlarni imzolash. Ular bilan hamkorlikda qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.