Sayt test rejimda ishlamoqda

Yangi darsliklarda davlatimiz rahbari tomonidan aniq tasvirlab berilgan maktab bitiruvchisining portretini yaratishga oid ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu darsliklar o‘quvchilar zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan va mustaqil qaror qabul qila oladigan dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib yetishishlari zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, yangi darsliklar ta’lim oluvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini shakllantirishda “4K” modelini (kritik fikrlash, kreativlik, kollaborasiya, kommunikasiya) qo‘llash orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Darsliklarda bosh qahramon sifatida 6 personaj — 3 o‘g‘il va 3 qiz tasvirlangan. Ular butun o‘quv jarayonida o‘quvchiga hamroh bo‘lib, sinfdan sinfga, darslikdan darslikka birga ko‘chadi, do‘stlik va yaqinlik hissini paydo qiladi. Bosh qahramonlar orasida har ikki jins vakillarining namoyon bo‘lishi o‘quvchilarning gender xilma-xilligiga hurmat ko‘rsatish, o‘zini teng va hurmatli his qiladigan o‘quv muhitini yaratishga yordam beradi. Shuningdek, yangi darsliklar differensial yondashuv va individual yondashuvga asoslanganligi, zamonaviy dizayni, yengil vazni, rang-barang illyustrasiyalarga boyligi bilan ajralib turadi.

Har bir yangi darslik zamonaviy dizayn tendensiyalariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, bu nafaqat jozibali vizual muhitni yaratadi, balki materialni yanada samarali o‘zlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, yangi darsliklar rang-barang illyustrasiyalar bilan boyitilgan bo‘lib, ular nafaqat o‘rganishni yanada qiziqarli va hayajonli qiladi, balki mavzularni yaxshiroq tushunish va tasavvur qilishga yordam beradi. Yangi darsliklarda qalinlik va og‘irlikning optimal kombinasiyasi mavjud bo‘lib, bu ularni, ayniqsa, kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun tashish va ishlatishni osonlashtiradi.

Yuqorida keltirilgan Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining davlat va nodavlat maktabgacha hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasi qarori qabul qilinishidan oldin attestatsiya komissiyasining taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim sifatining davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiqligi haqidagi xulosasi Markazga kelishish uchun taqdim etiladi. Attestatsiya komissiyasining maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazishga berilgan xulosalari Markaz tomonidan oʻrganib chiqilib, natijalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuboriladi. Markazning taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha salbiy xulosasi akkreditatsiya komissiyasining ushbu taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqarishi uchun asos boʻladi. Markazning ishchi guruhi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan taqdim etilgan maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash natijalarini hamda taʼlim tashkilotlarida taʼlim berish sifatining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligi holatini tahlil qiladi; Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash natijalarini hamda taʼlim berish sifatining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligi holatini cheklistni toʻldirish orqali baholaydi; Baholash natijalariga koʻra maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berish sifatining davlat taʼlim standartlariga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tayyorlanadi hamda Markaz rahbariga taqdim etiladi; Markaz rahbari tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnomani belgilangan muddatlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuboriladi.

Fan darsliklariga ularning mavzulariga ilova qilingan qo‘shimcha resurslardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularga qo‘shimcha tarzda mavjud ochiq ta’lim resurlari foydali manba sifatida xizmat qilishi mumkin. Mavjud manbalar quyida ilova qilinmoqda - https://ziyonet.uz/; - multimedia markazi resurslari; - www.uz.khanacademy.org; - https://oercommons.org.

Quyida keltirilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali pedagogning faoliyat samaradorligini oshirish mumkin: - o‘quvchining o‘rganishi va dars tayyorlashidagi faolligini oshirish; - aqliy faoliyatga undovchi vazifalarni yarating; - kitob mutoalasiga targ‘ib eting (ma'lumotlarni kitobdan izlab topish strategiyalari); - o‘quvchi xususiyatlariga individual yondashing; - o‘quvchi ishlariga doimiy fikr-mulohaza bildirish va doim e'tiborda ekanliklarini sezdirish.

Chet tili bilishni baholash Izoh: PISA 2025 da birinchi marta chet tillarini bilishni baholash qo'shimcha yo'nalish sifatida tadqiq etiladi va bu PISA ning ikkita davriyligida o'rganiladi. Birinchi bosqich ingliz tilini baholashdan boshlanadi va uchta ko'nikmalar tadqiq etiladi: o'qish, gapirish va tinglash. Manba: https://www.oecd.org/pisa/foreign-language/PISA-2025-FLA-Framework.pdf

TIMSS - 2027-yilga TALIS - 2024-yilga PISA - 2025-yilga PIRLS - 2026-yilga Izoh: TIMSS dasturi o'zining birinchi tadqiqotini 1995-yildan boshlagan bo'lib, har to'rt yilda (1995, 1999, 2003, 2007, 2011, 2015, 2019 va 2023-yillarda) tashkil etib kelmoqda. Navbatdagi 9-davriylik (2027-yil)da amalga oshirilishi rejalashtirilgan. TALIS dasturining birinchi tadqiqoti 2008 yilda o'tkazilgan va har besh yilda (2008, 2013, 2018 va 2024 yillarda) tashkil etib kelindi. Ammo, navbatdagi 5-davriylik 2029 yilda tashkil etilishi rejalashtirilgan (tadqiqot obyekti qamrovi kengaytilmoqda). O'zbekiston ushbu 4-davriylikda ilk marotaba ishtirok etishi belgilangan. PISA dasturi 2000-yilda ilk tadqiqotini o'tkazgan bo'lib, har uch yilda (2003, 2006, 2009, 2012, 2015, 2018-yillarda va COVID-19 pandemiyasi tufayli 2021-yilda emas, balki 2022-yilda) tashkil etilgan. O'zbekiston ilk marotaba 2022-yilda ishtirok etdi. Navbatdagi 9-davriylik 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. PIRLS tadqiqoti har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o'tkazilgan. Oxirgi o'tkazilgan tadqiqotda O'zbekiston ilk marotaba ishtirok etdi. Navbatdagi 6-davriylik 2026-yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

PISA Manba: PF-5712. 2019-yil 29-aprel. https://lex.uz/docs/-4312785

Axborot matni, Badiiy matnlar Izoh: PIRLS qamrov doirasi ham maktabda ham maktabdan tashqarida o'quvchilarning matnni o'qib tushunishlaridan ko'zlangan ikki maqsadga e'tibor qaratadi. Ular badiiy tajriba orttirish va axborotni olish va undan foydalanishdan iborat.

TIMSS tadqiqotida 4- va 8-sinflar uchun "Bilish", "Qo'llash" va "Mulohaza yuritish" kognitiv o'lchovlari amalga oshiriladi.

Boshlang‘ich sinf o'quvchilarning o'qish savodxonligi Izoh: PIRLS xalqaro tadqiqoti tomonidan o'qish savodxonligiga nisbatan qo'llanilgan ta'rifi quyidagicha: "O'qish savodxonligi - tushunish va shaxs tomonidan qadrlanadigan va/yoki jamiyat tomonidan talab etiladigan barcha yozma til shakllaridan foydalana olish qobiliyati. O'quvchi turli shakldagi matnlardan mazmun hosil qiladi. Ular o'rganish, maktab va kundalik hayotda o'zlari kabi boshqa o'quvchilar jamoasiga qo'shilish va vaqtini samarali o'tkazish uchun o'qiydilar." Boshqacha qilib aytganda, PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilash uchun ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma'lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. O'qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir.

Matematik savodxonlik yo'nalishiga. Izoh: PISA tadqiqotida asosiy yo'nalishlar sifatida o'qish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik tadqiq etiladi. Har uch yilda o'tkaziladigan tadqiqotda ushbu yo'nalishlardan biri ustuvor hisoblanadi va bu yo'nalish chuqurroq tahlil qilinadi. Shuningdek, parallel holda boshqa fan masalalari bo'yicha ham o'rganishlar o'tkaziladi (masalan, global kompetentlik, moliyaviy savodxonlik, muammoni hamkorlikda yechish, kreativ fikralash kabi) va ijtimoiy so'rvnomalar orqali ta'lim muhiti o'rganiladi. 2022-yilda kreativ fikrlash qo'shimcha yo'nalish sifatida tadqiq etildi.

Ta'lim sifatini baholashga oid xalqaro dasturlar: PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS. PISA va TALIS dasturlari IHTT (OECD) tomonidan, PIRLS va TIMSS dasturlari esa IEA tomonidan amalga oshiriladi.

Umumta'lim maktablaridagi o'quvchilar PISA tadqiqotida ishtirok etishlari uchun tadqiqot o'tkazilayotgan yilda 15 yoshga to'lgan hamda ular 7, 8, 9, 10 yoki 11-sinflardan birida ta'lim olayotgan bo'lishlari lozim.

Xalqaro miqyosda taʼlimda oʻquvchilarni hayotga tayyorlash, ularda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish va baholash taʼlim trendiga aylanmoqda. Xalqaro baholash dasturlarida ham maktabda olingan nazariy bilimlarni hayotiy kontekstlarda qoʻllash talab etiladi. Oʻzbekiston ham ilk bor PIRLS va PISA kabi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etdi. Biroq natijalarmiz xursand qiladigan darajada emas. Markaz mutaxassislari tomonidan mavjud yutuqlarimizni aniqlab, ularni yanada rivojlantirish, kamchiliklarimizni bartaraf etish choralarini koʻrish maqsadida qayd etilgan natijalar turli aspektlarda tahlil etib koʻrildi. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, umumiy oʻrta taʼlimda muvaffaqiyatli jihatlarimizdan koʻra, yaxshilanishi lozim boʻlgan oʻrinlarimiz salmoqli. Jumladan, davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish, oʻquv materiallari sifatini oshirish, maktablar boshqaruvida avtonomiya berish, malakali pedagoglar tayyorlash, maktab va oila kalloboratsiyasini taʼminlash kabilarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarimiz bor.

Xalqaro baholash tadqiqotlarida yaxshi natijaga erishgan bir qator davlatlarning taʼlim tizimi oʻrganildi. Jumladan, Singapur, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya, Finlyandiya, Estoniya kabi davlatlar taʼlim tizimi oʻrganildi. Mazkur davlatlarning taʼlim tizimi uchun umumiy boʻlgan jihatlar quyidagilarda namoyon boʻladi: 1. Davlat tomonidan maktab taʼlimida asosiy eʼtibor ilmiy asoslangan milliy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va markazlashgan tashqi baholashni tashkil etishga qaratiladi. 2. Maktab taʼlimida oʻquv materiallari, darsliklar, metodik qoʻllanmalar xilma-xilligini taʼminlash maqsadida oʻqitish jarayonida qaysi oʻquv materiallaridan foydalanish maktab maʼmuriyati va ota-onalar tanloviga qoldirilgan. 3. Jahon standarti talablariga javob beradigan pedagoglarni tayyorlashga alohida urgʻu beriladi, pedagogik yoʻnalishlar oʻquv rejalarida kasbiy faoliyatida bevosita ahamiyatli boʻlgan fanlar va kurslar oʻrin olgan. Pedagogik oliy taʼlim massalarida taʼlim jarayoni amaliyot bilan birgalikda olib boriladi. Shuningdek, pedagoglarni ishga qabul qilishning maxsus mexanizmlaridan (oʻqituvchi sertifikati, kasb sertifikati v.b.) foydalaniladi. 4. Maktab oʻqituvchilarining ijtimoiy himoyasini, oilasi farovonligini taʼminlash hamda sogʻligini tiklash uchun turli imtiyozlar taqdim etiladi. 5. Umumiy oʻrta taʼlim uchun xalqaro baholash talablariga mos milliy baholash dasturlari ishlab chiqilgan, mustaqil baholash markazlari tomonidan maktab taʼlimda muntazam tashqi baholash oʻtkazilib turiladi.

Natijamiz taʼlimni rivojlantirish sohasida amalga oshirishimiz kerak boʻlgan bir qator ishlar borligini koʻrsatmoqda. Avvalo, shuni aytishimiz lozimki, baholash jarayoni mazmuni bevosita davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari mazmuni va talablariga bogʻliq. Shuning uchun ilmiy asoslangan davlat taʼlim standartlari hamda milliy oʻquv dasturi talablarini ishlab chiqishi lozim. Shuningdek, milliy baholash tizimini takomillashtirish uchun esa quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: – maktab taʼlimida baholash jarayonini huquqiy-normativ jihatdan tartibga solish, “qattiq” va “yumshoq” talablarni belgilash; – oliy taʼlimga kirish test sinovlari va maktabni tamomlayotganda bitiruvchilar topshiradigan yakuniy davlat attestatsiyasini unifikatsiya qilish, Yagona davlat imtihonini joriy etish; – oliy taʼlimga kirish sinovlari mazmunini qayta koʻrib chiqish, xalqaro eʼtirof etilgan baholash talablariga moslashtirish; – maktablardagi taʼlim sifatini tashqi nazorat qiladigan Milliy baholash dasturini ishlab chiqish, 4- va 9- sinflar oʻquvchilari ishtirokida milliy baholash tadqiqotini oʻtkazish. Bu borada vazirlik tizimida muayyan ishlar boshlangan. Jumladan, joriy yilda 500 ta umumtaʼlim maktabida yangicha baholash tizimi tajriba-sinov jarayonidan oʻtkazilmoqda, keyingi yildan 1500 ta maktabda joriy etilishi nazarda tutilgan. Maʼlumot oʻrnida: Markaz tomonidan yil oxiriga qadar matematika, ona tili va adabiyot hamda tabiiy fanlardan darsliklarni nashr qilish rejasiga muvofiq namunaviy summativ baholash topshiriqlarini ishlab chiqish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va axborotnoma shaklida eʼlon qilish. Shuningdek, yangicha baholash tizimini joriy etishni jadallashtirish, oʻqituvchilar va rahbar xodimlarning baholash savodxonligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida “Baholash nazariyasi va amaliyoti”ga doir 30 qismdan iborat videodarslar yaratish va eʼlon qilish rejalashtirilgan. Taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan esa baholash jarayonidagi mavjud muammolar tahlil qilinganda hozirgi kunga qadar umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlarining baholash komponenti shakllantirilmagani, baholash jarayoni tartibga solish yuzasidan muayyan boʻshliqlar borligi aniqlandi. Markaz tomonidan YUNICEF, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorligida umumiy oʻrta taʼlimda baholash jarayonini huquqiy-normativ jihatdan tartibga solish nazarda tutilgan milliy baholash konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, istiqbolda ushbu huquqiy-normativ hujjat asosida milliy baholash tadqiqoti hamda milliy taʼlim soʻrovnomasini oʻtkazish nazarda tutilgan.

Milliy baholash tadqiqoti – milliy taʼlim taraqqiyotini kuzatib borish va tizimning xalqaro standartlarga mos kelishini taʼminlash, taʼlim tizimimizning yutuq va kamchiliklarini hududlar va regionlar miqyosida aniqlash, mavjud resurslarini toʻgʻri va maqsadli yoʻnaltirish, hududlardagi mavjud yutuqlarimizni aniqlab, ularni yanada rivojlantirish, kamchiliklarimizni erta aniqlab, vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrish imkonini beradi. Shuningdek, vazirlik tizimida, hududiy boshqarmalarda, maktablarda, oʻqituvchilarda va ota-onalarda daxldorlik, hisobdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, pedagoglarda muntazam malaka oshirishiga ehtiyojni paydo qilsa, ota-onalarda farzandlari bilan ishlashni taʼminlaydi. Oliy taʼlim massalarida raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib chiqarishiga turtki boʻladi. Milliy taʼlim soʻrovnomasi esa ota-onalarning, jamoatchilikning taʼlimdagi ehtiyojini, taʼlim tizimi haqidagi fikr-mulohazalarini oʻrganish, tahlil qilish, taʼlim tizimiga boʻlgan ishonchini oshirishga yordam beradi. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, milliy baholash tadqiqoti hamda milliy taʼlim soʻrovnomasi asosidagi milliy taʼlim hisobotini muntazam eʼlon qilib borish bizga, koʻp qirrali taʼlim trayektoriyalarini shakllantirishga, hech bir oʻquvchi “boshi berk koʻchaga” (no dead ends) kirib qolmasligi “hech kim ortda qolmasligi” (no child left behind) tamoyilini amalda qoʻllashga imkoniyat beradi.

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Raqamli taʼlim resurslari va ulardan foydalaniladigan dasturiy vositalarga qoʻyiladigan umumiy talablar” ishlab chiqilgan va Markaz direktorining 2024-yil 5-fevraldagi 3-son buyrugʻi bilan tasdiqlagan. Ushbu talablar taʼlimga oid multimedia va raqamli resurslarni yaratish hamda ulardan foydalanish boʻyicha yondashuvlarni, umumiy texnik talablarni joriy qilish maqsadida ishlab chiqilgan. Shuningdek, talablarni belgilash orqali innovatsion taʼlim resurslaridan foydalanishni tartibga solish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, taʼlimda virtual muhitni yaratish, xalqaro tajribalarda qoʻllanilayotgan pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, sunʼiy intellekt vositalaridan samarali foydalanishga qaratilgan.

Multimedia taʼlim resurslari qoʻyidagicha tasniflanadi: - matn resurslari (hujjatlar, elektron kitoblar, veb-sahifalar va boshqa matnli materiallar); - grafik resurslar (tasvirlar, fotosuratlar, piktogrammalar, chizmalar va grafik dizayn); - audio resurslar (musiqa, audiokitoblar, tovushlar, ovozli yozuvlar); - video resurslar (videoroliklar, animatsiyalar va video darsliklar). - interfaol resurslar (simulyatsiyalar, virtual laboratoriyalar, geymifikatsiya, gologramma, VR, AR va MR).

Raqamli taʼlim resurslarin quyidagi toifalarga ajratiladi: 1-toifa. Matnli resurslar: darslik yoki oʻquv qoʻllanmalarning elektron koʻrinishi boʻlib, undagi oʻquv materiallari matnlar, gipermatn va gipermurojaatlardan tashkil topgan boʻlishi talab etiladi; 2-toifa. Grafik va illyustrativ resurslar: undagi oʻquv materiallari 1-toifa elementlari bilan birga statik rasmlardan tashkil topishi va animatsiyaga asoslangan boʻlishi talab etiladi; 3-toifa. Multimedia resurslari: undagi oʻquv materiallari 2-toifa elementlari bilan birga uch oʻlchamli-grafik koʻrinishda, gologramma, 3D mapping obyektlari, dinamik rasmlardan, video, audio va animatsiya koʻrinishda tashkil topgan boʻlishi kerak; 4-toifa. Interfaol taʼlim resurslari: 3-toifa elementlari bilan birga taʼlim oluvchilar uchun oʻquv materiallari bilan zamonaviy kompyuter texnikasi hamda taʼlimning aqlli vositalari (aqlli dars stoli, aqlli va interfaol doska, aqlli proyektor kabilar) orqali faol munosabatda boʻlishi va topshiriqlarni bajarish imkonini beruvchi elektron resurs elementlari boʻlishi kerak; 5-toifa. Virtual, toʻldirilgan va aralash reallik (VR, AR va MR): 4-toifa elementlari bilan birga taʼlim oluvchilarga yanada chuqurroq oʻrganish tajribasi uchun virtual, toʻldirilgan va aralash realliklardan foydalanish imkoni boʻlishi kerak; 6-toifa. Sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim resurslari: sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari asosida taʼlim oluvchining shaxsiy oʻquv trayektoriyasini aniqlash va zaruriy taʼlim resurslarini taqdim etishga yoʻnaltirilgan boʻlishi talab etiladi. Shuningdek, taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan resurslar oʻqitish usullarini yaxshilash, oʻrganish tajribasini shaxsga yoʻnaltirish va taʼlim oluvchilar faoliyati haqida kerakli tushunchalarni berishi kerak.

Markaz tomonidan pedagog kadrlarga qulaylik yaratish maqsadida “Innovatsion taʼlim texnologiyalari va vositalari” nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanma ishlab chiqilgan. Ushbu qoʻllanmada nafaqat zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar, balki interfaol taʼlim resurslarini ishlab chiqishning zamonaviy usullari ham matn, grafik va video shakllarda joylashtirilgan.

Raqamli taʼlim – bu taʼlim jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish, yaʼni elektron oʻquv materiallari, interaktiv vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalangan holda taʼlimni samarali tashkil etish jarayonidir. Taʼlim jarayonlarini raqamlashtirish esa oʻqitish jarayonini raqamli muhitga oʻtkazish, elektron oʻquv platformalaridan foydalanish, masofaviy oʻqitishni yoʻlga qoʻyish va maʼlumotlarni avtomatlashtirishni oʻz ichiga oladi.

Sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalari taʼlim jarayonlarini individuallashtirish, shaxsga yoʻnaltirish, dars jarayonlarini tahlil qilish, avtomatlashtirish va samaradorligini oshirishda muhim oʻrin tutadi. Ular yordamida adaptiv oʻquv platformalari, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari, kontent yaratish vositalari va Chat-botlardan foydalanish mumkin. Sunʼiy intellekt vositalarini dars jarayonlarida taʼlim beruvchi va oluvchi uchun metodik yordamchi sifatida qaralishi kerak.

Virtual laboratoriya - bu laboratoriya jarayonini simulyatsiya qiluvchi dasturiy taʼminot yoki interfaol resurs boʻlib, taʼlim oluvchilarga laboratoriya tajribalarini masofadan turib yoki virtual muhitda amalga oshirish imkonini beradi.

The Physics Aviary, PhET Interactive Simulations, LearningAPPS, Labster, OLabs.

Oʻqituvchilar uchun: Raqamli resurslardan samarali foydalanish, koʻrgazmalilik, moslashuvchanlik. Oʻquvchilar uchun: Amaliy koʻnikmalar, qiziquvchanlikni oshirish, xavfsiz taʼlim olish jarayoni.

Bugungi kunda dunyo boʻylab 100 dan ortiq virtual laboratoriya va simulyatsiya platformalari mavjud boʻlib, ularning orasida Phet Interactive Simulations, The Physics Aviary, Vascak.cz, Sciencekids, Olabs, ChemCollective, VirtuLab va boshqalar.