Prezidentimizning “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” gi farmonida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi-trenerlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qarashli Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (ITEC) bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur dastur doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi xodimlari hozirda Hindistonda maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
Bu esa nafaqat pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, balki ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish hamda ularni mamlakatimiz ta’lim tizimiga tatbiq etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.