Joriy yilning 12-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Aisha AI kompaniyasi bosh direktori Elzodxon Sharofaddinov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda sunʼiy intellekt vositalari yordamida Yagona taʼlim resurslari va xizmatlari portalini takomillashtirish, shuningdek, taʼlim kontentini kengaytirish va inklyuzivlikni taʼminlash boʻyicha atroflicha fikr almashildi.
Muhokamalar yakunida uchrashuvda koʻtarilgan masalalar yuzasidan muloqot va hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.