Sayt test rejimda ishlamoqda

Toshkentda “Koreya Respublikasida ta’lim olish – 2025” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

28.04.2025

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rahbariyati Toshkent shahridagi Koreya ta’lim markazida “Koreya Respublikasida ta’lim olish – 2025” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi.

2 kun davomida o‘tkaziladigan ko‘rgazmada Janubiy Koreyaning 50 dan ortiq nufuzli universitetlarining ta’lim dasturlari, fakultetlari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari keng jamoatchilikka taqdim etildi.