Sayt test rejimda ishlamoqda

Taʼlimda sun’iy intellekt va STEM texnologiyalaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi

14.05.2025

Taʼlimda sun’iy intellekt va STEM texnologiyalaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Prezidentimizning 2024-yil 14-oktyabrdagi "Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorida ta’lim jarayoniga ham sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha

qator vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning 14-may kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan Chilonzor tumanidagi 131-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida

hududdagi tabiiy va aniq fan o‘qituvchilari hamda pedagogika yo‘nalishidagi amaliyotchi talabalar ishtirokida muloqot uchrashuvi (Meet Up) bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida dars jarayoniga zamonaviy pedagogik dasturlarni joriy etish, sun'iy intellekt, virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalardan foydalanishga doir masalalar muhokama qilindi.

Seminarda, shuningdek, markaz tomonidan ishlab chiqilgan "Yagona raqamli taʼlim resurslari va xizmatlari portali"dagi tabiiy fanlarga oid virtual laboratoriyalar, STEM mashgʻulotlari va interfaol taʼlim resurslari ham tanishtirildi. 

Uchrashuv soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.