Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi
Prezidentimizning 2024-yil 14-oktyabrdagi "Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorida ta’lim jarayoniga ham sun’iy intellekt texnologiyalarini
joriy etish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.
Mazkur vazifalardan kelib chiqib, “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish konsepsiyasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda konsepsiyaning maqsadi, vazifasi, shuningdek, 2025 – 2035-yillarda amalga oshiriladigan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash va xalqaro tajribani inobatga olgan holda
yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Tadbir yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlik va muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.