Sayt test rejimda ishlamoqda

Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi

28.05.2025

Ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida

taʼlim tizimini isloh qilish, sohaga yangi innovatsiyalarni joriy qilishga doir ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida joriy yilning 28-may kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda raqamli ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, ilg‘or tajribalarni joriy etish, ta’lim jarayonini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ta'limga oid raqamli va interfaol resurslarni yaratish, shuningdek, pedagog kadrlarni raqamli savodxonlik bo‘yicha malakasini oshirishga qaratilgan hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida hamkorlikda raqamli ta’limni rivojlantirish yo‘nalishida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni davom ettirishga kelishib olindi.