Sayt test rejimda ishlamoqda

Taʼlimda innovatsion texnologiyalardan foydalanish boʻyicha muloqot uchrashuvi (Meet Up) tashkil etildi

30.04.2025

Taʼlimda innovatsion texnologiyalardan foydalanish boʻyicha muloqot uchrashuvi (Meet Up) tashkil etildi

Joriy yilning 30-aprel kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Chilonzor tumanidagi 200-sonli maktabda tabiiy va aniq fan oʻqituvchilari uchun muloqot uchrashuvi (Meet up) tashkil etildi. 

Tadbirda dars jarayonida zamonaviy pedagogik dasturlar, virtual laboratoriyalar va simulyatsiyalardan foydalanishga doir qator masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, sun'iy intellektdan foydalanish bo'yicha

qo'llanma va video yo'riqnomalar haqida ham atroflicha ma'lumot berildi.

Seminarda markaz tomonidan ishlab chiqilgan "Yagona raqamli taʼlim resurslari va xizmatlari portali"dagi tabiiy fanlarga oid virtual laboratoriyalar, STEM mashgʻulotlari va interfaol taʼlim resurslari ham tanishtirildi. 

Bundan tashqari, mahalliylashtirilgan “The Physics Aviary”platformasining oʻzbek tilidagi talqini boʻyicha taqdimot ham boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.