2024-yilning oktyabr oyida Ta'limni rivojlantirish markazi va Koreya milliy transport universiteti rahbariyati bilan qator yoʻnalishlarda muzokaralar oʻtkazilib, hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Ushbu memorandumda belgilangan vazifalar doirasida joriy yilning 22-aprel kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Koreya milliy transport universiteti professori Ryum Duk Oh bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.