Sun’iy intellekt va STEM fanlari bo‘yicha Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda
Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida “The Belt and Road Exchange Project – Spring Session 2025” xalqaro almashinuv dasturi doirasida “STEM Teachers in the AI Era”
(Sun’iy intellekt davrida STEM o‘qituvchilari) mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu xalqaro tadbirda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bosh mutaxassisi Yo‘ldoshali Ravshanov ham ishtirok etmoqda.
Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan STEM yo‘nalishidagi pedagoglar sun’iy intellekt, ilg‘or texnologiyalar va raqamli kompetensiyalarni o‘qituvchilarning
kasbiy faoliyatiga integratsiyalash borasida tajriba almashmoqda.
Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar tashkil etilgan:
– xalqaro ekspertlar bilan seminar va muhokamalar;
– sun’iy intellekt va STEM-ta’lim bo‘yicha innovatsion yondashuvlar;
– Xitoyning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan tanishuv;
– raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar.
Ta’kidlash lozim, mazkur almashinuv dasturi ishtirokchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va zamonaviy o‘qitish usullarini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.