Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi ta’lim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan eng yaxshi o‘quv-uslubiy resurslar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda maktab psixologlari, psixologik-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ular o‘zlarining o‘quv, uslubiy yoki tavsiyaviy qo‘llanmalarini taqdim etishlari lozim.
Materiallar elektron formatda raqamlitalim.trm.uz/psychology platformasi orqali 2025-yil 10-sentyabrgacha qabul qilinadi.
G‘oliblar 2025-yil 30-sentabrda e’lon qilinadi va ularga qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar topshiriladi. Eng yaxshi o‘quv-uslubiy resurslar keng targ‘ib qilinadi.