Joriy yilning 23-24-aprel kunlari Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda inklyuziv taʼlim ishtirokchilari uchun onlayn seminarlar oʻtkazildi.
Unda “Individual rivojlantirish rejasini toʻgʻri tuzish va amalda qoʻllash” , “Umumtaʼlim muassasalarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun qulay muhit yaratish” hamda “Inklyuziv taʼlimda korreksion-pedagogik ishlar” kabi mavzular yuzasidan qator muhokamalar boʼlib oʼtdi.