Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida “Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi” loyihasi doirasida Xalqaro Nordik universitetining magistratura bo'limida tahsil olayotgan iqtidorli talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida “Ta’lim tashkilotida liderlikni rivojlantirish strategiyalari” mavzusida ko‘chma ma’ruza o‘tkazilib, unda innovatsion boshqaruv yondashuvlari, strategik fikrlash va samarali rahbarlik ko‘nikmalari amaliy jihatdan tahlil qilindi.