Sayt test rejimda ishlamoqda

Koreyaning “TEAM MONOLITH” tashkiloti bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi

14.05.2025

Koreyaning “TEAM MONOLITH” tashkiloti bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi

 

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari hamda Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi “TEAM MONOLITH” texnologik tashkiloti o‘rtasida navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida koreyalik mutaxassislar tomonidan “TEAM MONOLITH” va Koreya Ta’lim vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ilg‘or IT loyihalar, xususan, maktabdan tashqari ta’lim doirasida raqamli texnologiyalarni joriy etish

borasidagi tajribalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.  Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari fanidan dars berayotgan o‘zbek o‘qituvchilarini “TEAM MONOLITH” bilan hamkorlikda

Janubiy Koreyada malaka oshirish va stajirovka dasturlariga yuborish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ko‘tarilgan masalalarni amaliy bosqichga o‘tkazish va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.