Sayt test rejimda ishlamoqda

Koreya bilan maktabdan tashqari taʼlim sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

19.06.2025

 

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi-trenerlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarga

malaka oshirish va stajirovkaga yuborish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Mazkur topshirish ijrosini taʼminlash maqsadida Taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 18-iyun kuni Koreya Respublikasi Taʼlim vazirligi huzuridagi TEAM MONOLITH tashkiloti bilan hamkorlikda maktabdan tashqari taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining

Janubiy Koreyada malaka oshirishini tashkil etish masalalari yuzasidan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildi hamda yaqin kelajakda hamkorlik memorandumi imzolanishi boʻyicha kelishuvga erishildi.