Sayt test rejimda ishlamoqda

“Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi – IBRO–2025” ikkinchi bosqichi natijalari e’lon qilindi

10.06.2025

Joriy yilning 13–20 may kunlari onlayn formatda testbor.uz platformasida o‘tkazilgan “Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi – IBRO–2025” ning ikkinchi bosqichi natijalari e’lon qilindi. 

Olimpiadaning 3-bosqichiga 4 359 nafar oʻquvchilar ishtirok etish uchun saralab olindi. Ushbu bosqichda ishtirok etgan barcha o‘quvchilar o‘z natijalarini ushbu havola orqali

koʻrish mumkin: https://testbor.uz/uz/contests/ibro-2025-matematika/results Uchinchi bosqich 15–20-iyun kunlari oʻtkazilishi belgilangan. 2–9-sinf oʻquvchilar oʻzining maktabidan

Zoom platformasi kuzatuvi orqali ishtirok etishi belgilangan. 10-11-sinf oʻquvchilar Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ishtirok etishi belgilangan. 

Shuningdek, o‘quvchilar ikkinchi bosqichdan muvafaqqiyatli o‘tishlari uchun o‘z ustida doimiy ishlab bilimlarini yanada orttirishlari uchun testbor.uz platformasida mavjud diagnostika testlarni ishlashlarini tavsiya etamiz.