2024-yilning dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida nogironligi bor bolalarning sifatli taʼlim-tarbiya olishi va oilaviy muhitga qaytishini tashkil qilish boʻyicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan ushbu vazifalar doirasida joriy yilning 29-aprel kuni Taʼlimni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Yaponiya xalqaro rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida qulay muhit yaratish: loyihalash va qurilish boʻyicha texnik tavsiyalar” mavzusida ochiq vebinar tashkil etildi.