Joriy yilning 29-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligida Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO–2025) ning final bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Maktabgacha va maktab taʼlim vaziri Xilola Umarova, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Oʻtkir Roziqov, Аbdullа Аʼzаmov hamda Turin politexnika universiteti va umumta’lim maktablari jamoalari ishtirok etdi.
Ushbu olimpiadada mamlakatimizning barcha hududlaridan 230 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi. Uch bosqichli tanlovning final bosqichiga 3 453 nafar o‘quvchi yo‘llanma oldi.
Ilk bor sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llanilgan holda testbor.uz platformasi orqali 2–11-sinf matematika, 9–11-sinf fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha bilimlarni baholash imkoniyati yaratildi. Bu esa o‘quv dasturlari va darsliklarning amaliy samaradorligini tahlil qilishga zamin yaratdi.
Final bosqichida quyidagi o‘quvchilar g‘olib va sovrindorlari qatoridan o‘rin olishdi:
2-sinf:
1-o‘rin – Mahliyo Ikromjanova (Namangan tumani, 11-maktab)
2-o‘rin – Nursulton Vohidov (Urgut tumani, 37-maktab)
3-o‘rin – Zohirshox Dilmurotov (Navbahor tumani, 21-IDUM)
3-sinf:
1-o‘rin – Rushana Gaffarova (Buxoro shahri, 27-maktab)
2-o‘rin – Otabek Omonjonov (M.Ulug‘bek tumani, 338-maktab)
3-o‘rin – Shohruh Nizomov (Qarshi shahri, 24-maktab)
4-sinf:
1-o‘rin – Xushnudbek Farmonov (Koson tumani, 5-maktab)
2-o‘rin – Jasurbek Ahmadaliyev (Dang‘ara tumani, 34-maktab)
3-o‘rin – Temurmalik Olimov (Yakkasaroy tumani, 91-maktab)
5-sinf:
1-o‘rin – Musabek Makhsetbaev (Nukus shahri, 2-sonli maktab internati)
2-o‘rin – Murodbek Qilichev (Koson tumani, 15-maktab)
3-o‘rin – Ernazar Sagidullaev (Nukus shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab Nukus filiali)
6-sinf:
1-o‘rin – Jumabaev Kamal (Nukus shahri, 2-sonli qanilestirigen mektep)
2-o‘rin – Mehriddin Ergashaliyev (Quvasoy shahri, Ixtisoslashtirilgan maktab)
3-o‘rin – Muhammadumar Umarov (Farg‘ona shahri, 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati)
7-sinf:
1-o‘rin – Marjona Alimardonova (Koson tumani, 5-maktab)
2-o‘rin – Islombek Abdusalomov (Asaka tumani, 57-maktab)
3-o‘rin – Muhammadbilol Ashurov (Asaka tumani, 57-maktab)
8-sinf:
1-o‘rin – Behzod Adamboyev (Shovot tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab internati)
2-o‘rin – Eldorbek Xakimov (Asaka tumani, ixtisoslashtirilgan maktab)
3-o‘rin – Maftuna Jamolxonova (Qarshi tumani, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi tuman ixtisoslashtirilgan maktab)
Matematika fani bo‘yicha:
9-sinf
1-o‘rin – Erkin Shimbergenov (Qorao‘zak tumani, ixtisoslashtirilgan maktab)
2-o‘rin – Muhammadali Rasulov (Qorako‘l tumani, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat)
3-o‘rin – Og‘abek Ikromov (Qorako‘l tumani, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat)
10-sinf:
1-o‘rin – Murodulloh Annayev (Samarqand shahri, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi)
2-o‘rin – Shodibek Odilov (Quva tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab-internat)
3-o‘rin – Sardor Urazaliev (Guliston shahri, Rustam Bosimov NTM)
11-sinf:
1-o‘rin – Xusan Mirzayev (Qorako‘l akademik litseyi)
2-o‘rin – Suhrobjon Farmonov (Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi G‘ijduvon tuman ixtisoslashtirilgan maktab)
3-o‘rin – Shukurullo Abdusattorov (To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktab)
Fizika fani bo‘yicha:
9-sinf:
1-o‘rin – Oybek Farhodov (Bog‘ot tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab)
2-o‘rin – Dilnoza Murodova (Kosonsoy tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab)
3-o‘rin – Ruxsora Isoqjonova (Kosonsoy tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab)
10-sinf:
1-o‘rin – Oyatillo Rahmataliyev (Oltiariq tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab)
2-o‘rin – Elbek Uroqov (Yunusobod tumani, TIQXMMI MTU AFIM)
3-o‘rin – Hasanjon Kamolov (Qo‘qon shahri, 1-ixtisoslashtirilgan maktab)
11-sinf:
1-o‘rin – Amirbek Nematov (Vobkent tumani, Ixtisoslashtirilgan maktab)
2-o‘rin – Ozodbek Rahimov (Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi G‘ijduvon tuman ixtisoslashtirilgan maktab)
3-o‘rin – Ravshanova Nilufar (Kattaqo‘rg‘on tumani, 1-IDUM)
Informatika fani bo‘yicha:
9-sinf:
1-o‘rin – Xushnud Rashidov (Uchquduq tumani, 20-maktab)
2-o‘rin – Elbek Sirojiddinov (Uchquduq tumani, 20-maktab)
3-o‘rin – Shohrux Ne‘matov (Karmana tumani, 7-maktab)
10-sinf:
1-o‘rin – Abbos Abdusattorov (Yunusobod tumani, TATU Akademik litseyi)
2-o‘rin – Ikrom Rahmatullayev (Guliston shahri, Nodavlat ta’lim muassasasi “Bosimov Rustam Rahmatullayevich”)
3-o‘rin – Ulug‘bek Ravshanbekov (Yakkasaroy tumani, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi)
11-sinf:
1-o‘rin – Mirzosharif Habibov (Yunusobod tumani, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab)
2-o‘rin – Azizbek Safarov (Zarafshon shahri, 13-maktab)
3-o‘rin – Javohir Toshtemirov (Uchtepa tumani, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab).
Olimpiadaning uchinchi bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 100 nafar 2–9-sinf o‘quvchilari turli miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 10 nafar 10–11-sinf o‘quvchilariga noutbuk, planshet, mobil telefon, aqlli soat va quloqchinlar taqdim etildi.
Eng yuqori natija ko‘rsatgan 10–11-sinfning 18 nafar o‘quvchisi AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga 100 foiz grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi. Olimpiadada eng faol qatnashib, o‘quvchilari yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Navoiy viloyati Karmana tumani 6-umumiy o'rta ta'lim maktab jamoasiga esa “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin – BYD Chazor avtomobili topshirildi.
Ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ-128-son qarorida taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va darsliklarning samaradorligini tahlil qilish va takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash vazifasi belgilangan.
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi hamkorligida tashkil etilgan IBRO–2025 olimpiadasi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarning STEM fanlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi bo‘lib xizmat qildi.
Ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan olimpiada natijalari asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklarning amaliy samaradorligini tahlil qiladi hamda ularni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarda fanlarga qiziqishni oshirish va o‘quv-metodik komplekslarning sifatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi. Kelgusida ushbu olimpiada fanlar qamrovini oshirgan holda Markaziy Osiyo davlatlari oʻquvchilari oʻrtasida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.