Ayni paytda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Fan olimpiadalari markazi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligida o‘tkazilayotgan Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi davom etmoqda.
Unda respublikamizning barcha hududlaridan 4-5-sinf o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Oʻquvchilar oʻz maktabidan videokuzatuv orqali qatnashmoqda. 20-iyunga qadar davom etadigan mazkur bosqichda jami 4 359 nafar oʻquvchilar ishtirok etadi.
Ta’kidlash lozim, Olimpiadaning mukofot jamgʻarmasi 1 milliard soʻmni tashkil etadi. Uchinchi bosqichda eng yaxshi natija ko‘rsatgan TOP 100 ta oʻquvchilar turli miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.