IBRO–2025: 3- sinf o‘quvchilari o‘rtasida eng yaxshilar aniqlandi
Ayni kunlarda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Fan olimpiadalari markazi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligida o‘tkazilayotgan Iqtidorli bolalar
respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi davom etmoqda.
Bugun, 19-iyun respublikamizning barcha hududlaridan 3-sinf o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Oʻquvchilar oʻz maktabidan videokuzatuv orqali qatnashishdi.
Ta’kidlash lozim, ertaga olimpiadaning yakuniy kunida 2-sinf o‘quvchilari olimpiadada ishtirok etishadi.