Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasida adabiyotlar tahlili bo‘yicha qo‘llanma

12.05.2025

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 14-apreldagi “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan 2015-yil 20-apreldan kuchga kirgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2665).

Mazkur qarorda Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari haqida batafsil berib o‘tilgan hamda tasdiqlangan.

Shundan kelib chiqqan holda falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasida adabiyotlar tahlili (literature review) – bu sizning ilmiy tadqiqotlaringizni mavjud ilmiy manbalar bilan bog‘laydigan muhim bo‘limdir. Quyida siz uchun adabiyotlar tahlilini yozishda yo‘l-yo‘riq sifatida foydalanishingiz mumkin bo‘lgan qo‘llanmani keltiraman:

Adabiyotlar tahlili bo‘yicha qo‘llanmani quyidagicha keltirib o‘tildi:

1. Maqsadini aniqlash. Adabiyotlar tahlilining maqsadi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

mavzuga oid mavjud ilmiy ishlar, nazariyalar va yondashuvlarni ko‘rib chiqish;

tadqiqotda qanday bo‘shliqlar (gaplar) borligini aniqlash;

ish rejani shu kontekstda asoslash.

2. Manbalarni tanlash:

ilmiy maqolalar (scopus, web of science, google scholar vas hu kabilar);

dissertatsiyalar, monografiyalar, darsliklar;

so‘nggi 5-10 yilda chop etilgan dolzarb materiallarga e’tibor berish;

tanlangan manbalarning ishonchliligiga va ilmiy darajasiga alohida ahamiyat berish.

3. Tahlil qilish yo‘llari. Manbalarni faqat tasvirlab bermasdan, ularni taqqoslash, tahlil qilish va tanqidiy baholash zarur:

har bir muallifning asosiy g‘oyasi nima?;

ular qanday metodologiyani qo‘llagan?;

mavzuga qanday bog‘liq?;

ular orasida qanday farq va o‘xshashliklar bor?.

4. Tahlilni tuzish strukturasi. Adabiyotlar tahlilini quyidagicha tuzish mumkin:

mavzular bo‘yicha (masalan: “Tizimli yondashuvlar”, “Empirik tadqiqotlar”, “Nazariy qarashlar” vas hu kabilar);

xronologik (eng qadimgi manbadan eng yangisigacha);

metodologik yondashuvlar bo‘yicha (masalan: sifatli, miqdoriy, aralash yondashuvlar);

har bir bobni umumlashtirish yoki xulosa bilan yakunlash.

5. Bo‘shliqlarni aniqlash:

mavjud adabiyotlarda nima yetarli emas?;

qanday muammolar hali yechilmagan?;

tadqiqot bu bo‘shliqni qanday to‘ldiradi?.

6. Yozish uslubi:

ilmiy, rasmiy va xolis tilda yozish;

iqtiboslar keltirishda aniq manbalarni ko‘rsatish;

plagiatdan saqlangan holda tadqiqotchi fikrini shakllantirish.

7. Havolalar keltirish:

dissertatsiyada foydalanilgan manbalarni belgilangan tablablar asosida rasmiylashtirish.

Dissertatsiyada adabiyotlar tahlili deganda muammoning o‘rganilganlik darajasi degan qismiga to‘g‘ri keladi. Tanlangan mavzuga oid yoki yaqin dissertatsiyalar o‘rganiladi. Ularni har birini alohida yaxshi sharh uchun 4 ta oddiy savolga javob beriladi xolos:

Muallif nimani o‘rgangan?

Qanday metoddan foydalangan?

Nima yangilik taklif qilgan?

Sizning ishingiz unga nisbatan nimani qo‘shadi?

Doktorlik dissertatsiyasida “Adabiyotlar sharhi” bo‘limi shunchaki o‘qilgan maqolalar yoki kitoblarni sanab o‘tish emas. Bu bo‘lim sizning ilmiy ishingiz nimaga tayanganini, ilgari kim nimalarni o‘rganganini va eng muhimi – sizning ish joyingiz qaerdan boshlanishini aniqlab beradi.

Keltirilgan adabiyotni faqat bayon qilib keltirib ketish noto‘g‘ri uslub hisoblanadi. Masalan, Abdullayev (2022) ta’lim sifati rivojlantirishning zamonaviy innovatsion metodlari haqida yozgan. Bu faqat fakt. Sharh emas.

Keltirilgan adabiyotni tahlil qilib keltirish ayniqsa, tanqidiy tahlil qilish to‘g‘ri uslub hisoblanadi. Masalan, Abdullayev (2022) ta’lim sifati rivojlantirishning zamonaviy innovatsion metodlarini o‘rganib, samaradorlik mezonlarini tavsiya qilgan, biroq u hozir 2025-yil davomida rivojlanayotgan jahon pedagogikasida zamonaviy texnologiyalar asosida yanada chuqurroq keltirish mumkin.

Bu siz o‘qigan fikrni tahlil qilganingizni ko‘rsatadi. Tahlillarni oxirida albatta xulosa qilish kerak. “O‘zbekiston va xorijiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, (mavzuning umumiy o‘rganilganligini keltirib o‘tilgandan keyin), ammo (o‘rganib chiqilgan adabiyotda tanlangan mavzu va ilmiy tadqiqotdagi muammoni o‘rganilish darajasi) hali to‘liq ochilmagan. Shu bois ushbu tadqiqot aynan shu bo‘shliqni to‘ldirishga qaratiladi.” – deb kiritib ketish muammoni o‘rganilishini ochib beradi.