Sayt test rejimda ishlamoqda

Birinchi chorakdagi natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi

22.04.2025

Joriy yilning 22-aprel kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Unda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Markazga yuklatilgan vazifalar, Prezident qarorlari ijrosini taʼminlash va Markaz ish rejasida belgilangan boshqa topshiriqlar boʻyicha boshqarma boshliqlarining hisobotlari tinglandi