Joriy yilning 11-dekabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Mirobod tumanidagi 294-sonli maktabda tumandagi tabiiy fan o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik dasturiy vosiyalar hamda virtual laboratoriyalardan foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Unda markaz tomonidan ishlab chiqilgan Yagona raqamli ta’lim resurslari va xizmatlari portalidagi Tabiiy fanlarga oid virtual laboratoriya va simulyatsiyalar platformasi hamda The Physics Aviary onlayn ta’lim platformasining o‘zbek tilidagi talqini taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Seminar yakunida tumandagi tabiiy fan o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish kunlarini o‘tkazish bo‘yicha zamonaviy metodlar va vositalar asosida tavsiyalar berib o‘tildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.