Sayt test rejimda ishlamoqda

"Zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar yordamida o'quvchilar bilimini baholash" mavzusida amaliy seminar tashkil etildi

23.02.2024


Uchtepa tumanidagi 129-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar yordamida o'quvchilar bilimini baholash" mavzusidagi amaliy seminar tashkil etildi. 



Unda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yaratilgan turli baholash platformalari, jumladan, Plickers va Kahoot platformalari haqida batafsil ma'lumot berildi.


Mazkur platformalardan foydalanish bo‘yicha birinchi bosqichda ingliz tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdi. 



Ishtirokchilar ushbu dasturlar yordamida testlar tuzish va o'quvchilarning bilimini tez va aniq baholash sirlarini o'rgandilar. 


Amaliy mashg'ulotlar davomida ular ushbu platformalardan amaliy foydalanish ko'nikmalarini hosil qildilar.