Sayt test rejimda ishlamoqda

Yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash va tadbirkorlik qobiliyatini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi

24.10.2023


Joriy yilning 24-oktyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Unda Oʻzbekistonda yoshlarning ishga joylashish koʻnikmalarini shakllantirish (Youth Employment Skills, "YES") dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.


Ushbu dastur 8-11-sinf oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish, moliyaviy savodxonligini oshirish hamda tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, uning doirasida yaratilgan o‘quv dasturlari va adabiyotlar Fargʻona viloyatidagi 18 ta maktabda tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda.



Kelgusida tajriba-sinov natijalarini tahlil qilgan holda ushbu yo'nalishdagi oʻquv-metodik resurslar va o'qitish metodikalarini takomillashtirish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.