Joriy yilning 21-fevral kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Yaponiyaning Gifu universiteti dotsenti Naoya Xakumura boshchiligidagi tadqiqotchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda ikki davlatda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida mavjud tajribalar almashildi. Xususan, tomonlar oʻquv dasturlari, darsliklar, pedagoglar malakasini oshirish hamda yangi metodikalarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi oʻz fikrlarini bildirishdi.