Ayni kunlarda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimi ham “Ta’lim sifatini oshirish uchun dalilar assosida talim siyosatini yuritish” loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi tarkibida Yaponiyada bo‘lib turibdi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad — Yaponiya tajribasini o‘rganish, o‘zaro hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro mezonlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish va ta'limda samaradorlikni oshirishdan iborat.
Delegatsiya a’zolari uchrashuvlar doirasida Yaponiya ta’lim tizimida olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganishi, maktablarda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish tizimi va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishi hamda soha doirasida tajriba almashishlari rejalashtirilgan.