Yangi darsliklardan foydalanishni oʻrgatish boʻyicha hududiy trenerlar tayyorlandiYangi darsliklardan foydalanishni oʻrgatish boʻyicha hududiy trenerlar tayyorlandi
Joriy yilning 14-17-avgust kunlari Toshkent shahrida “Boshlangʻich sinflarda oʻqitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Kurs davomida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 dan ortiq ilgʻor pedagoglar va metodistlar ilgʻor xorijiy tajribalar asosida yaratilgan yangi 1-4-sinf darsliklaridan foydalanish metodikasi boʻyicha malaka oshirib, hududiy trenerlar sifatida tayyorlandi.
Bugun kurs yakunlanishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda respublika va hududiy trenerlarga sertifikatlar topshirildi.
Ushbu hududiy trenerlar koʻmagida kaskad shaklida oʻquvlar tashkil qilish orqali boshlangʻich taʼlim boʻyicha maktab metodik birlashma rahbarlari va barcha boshlangʻich sinf oʻqituvchilarga yangi darsliklardan foydalanish oʻrgatiladi.