Sayt test rejimda ishlamoqda

YUNISEF bilan hamkorlik rejalari belgilab olindi

01.08.2023


Joriy yilning 5-iyul kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Tadbir davomida darslik va oʻquv-metodik majmualarni yaratish tizimini takomillashtirish boʻyicha fikr almashildi.



Jumladan, YUNISEFning taʼlim sektori rahbari Alberto Biankoli umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlariga qoʻyiladigan talablarni xorijiy ilgʻor tajribalar asosida takomillashtirish masalasi yuzasidan oʻz fikrlarini bildirar ekan, kelgusida Markaz bilan hamkorlikda darslik va oʻquv-metodik majmualarni yaratish boʻyicha bir qator takliflar bildirdi.



Oʻz navbatida markaz direktori Voxid Xamidov xalqaro tashkilot vakillariga takliflar uchun minnatdorlik bildirar ekan, yangi Markazga ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish boʻyicha dolzarb vazifalar belgilangani va bu borada YUNISEF bilan yaqindan hamkorlik qilinishini maʼlum qildi.



Yakunda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda darslik va oʻquv-metodik majmualar, davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini tajriba-sinovdan oʻtkazish, keng jamoatchilik fikrini oʻrganish mexanizmini yaratish boʻyicha baholash mezonlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.