Joriy yilning 19-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va YUNISEF xalqaro bolalar jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda taʼlim sifatini oshirish yoʻlida ikki tashkilot oʻrtasida hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.Xususan, taʼlim standartlarini takomillashtirish, taʼlim sifatini baholashning samarali mexanizmlarini joriy qilish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish va boshqa muhim yoʻnalishlarda hamkorlik qilish boʻyicha takliflar bildirildi.
Yakunda markaz va YUNISEF tashkiloti oʻrtasida doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.