Sayt test rejimda ishlamoqda

YUNESKOning Shanxay shahridagi Pedagogik ta’lim markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

29.08.2024




Joriy yilning 26-avgust kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida YUNESKOning Shanxay shahridagi Pedagogik ta’lim markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Ta’limni rivojlantirish markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova, tegishli boshqarma boshliqlari hamda YUNESKOning Pedagogik ta’lim markazi direktori Chjan Minsuan, direktor o‘rinbosarlari Guoyong Hu, Xuafen Chjan, shuningdek, markazning loyiha menejeri Bo Ninlar ishtirok etdi.



Uchrashuv davomida pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda shu kabi boshqa bir qator mavzularda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Muhokamalar yakunida uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.



Ma’lumot uchun, Xitoyning Shanxay shahrida Pedagogik ta’lim markazini tashkil etish g‘oyasi YUNESKOning 2017-yil 4-noyabr kuni Fransiyada bo‘lib o‘tgan 39-Bosh konferensiyasida ma’qullangan. YUNESKO tuzilmasidagi ushbu markaz ta’lim sohasidagi dasturlarni amalga oshiradi.

Xususan, mazkur tashkilot YUNESKOning 2030-yilga qadar barqaror rivojlanish orqali qashshoqlikni bartaraf etish va dunyo bo‘ylab o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ilgari surishga qaratilgan “Ta’lim–2030” dasturi doirasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.