Sayt test rejimda ishlamoqda

YUNESKO bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

27.06.2024

Joriy yilning 25-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.



Unda YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi hamda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova, tegishli bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.



Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarining bugungi kundagi holati hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.


 Xususan, o‘quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini hamda o‘quvchilarni baholash konsepsiyalarini takomillashtirishga doir qator masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

 


Shu bilan birgalikda, O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq uzoq muddatli hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.


Uchrashuv yakunida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish hamda muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.