Sayt test rejimda ishlamoqda

Xalqaro tadqiqotlar boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganilmoqda

27.03.2024

Avval xabar berganimizdek, Portugaliyaning Lissabon shahrida TIMSS 2023 tadqiqoti doirasida Milliy loyiha koordinatorlarining yettinchi uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.



Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirok etayotgan ushbu uchrashuvda Oʻzbekiston vakillari ishtirokida bir qator mamlakatlarning tajribalari oʻrganildi. 



Mazkur tadbirda ishtirokchilar guruhlarga boʻlinib, tadqiqot natijalarini eʼlon qilish, xalqaro va milliy hisobotni tayyorlash, sinov jarayonlarga oid muhim maʼlumotlar bilan ishlash tajribalari haqida muhokamalar tashkil etildi. 



Bundan tashqari, IEA tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan tadqiqot natijalaridan foydalangan holda taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha va Singapur davlati vakillari bilan oʻzaro fikr almashildi.