Ayni kunlarda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari taʼlim sohasidagi hamkorlik loyihalarini kengaytirish maqsadida Koreya Respublikasida boʻlib turibdi.
Mazkur tashrif davomida Uzoq Sharq universiteti rahbariyati bilan qator yoʻnalishlarda muzokaralar oʻtkazildi va hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan:
– Mazkur memorandumga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan:
– Akademik materiallar, mutaxassislik va boshqa tegishli ma’lumotlarni almashish;
– Nashr yoki taqdimot uchun ilmiy ishlanmalarni almashish;
– Bilim va kadrlar almashinuvi orqali tadqiqot faoliyatlari, seminarlar va akademik yig‘ilishlarda hamkorlik qilish.
Ushbu Memorandum Ta’limni rivojlantirish markazi va universitet o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun asos yaratadi.