Joriy yilning 7-8-noyabr kunlari Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan umumtaʼlim maktablari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etildi.
Kuzgi taʼtil hamda oʻqituvchilarning “Kasbiy rivojlantirish kunlari” da o‘tkazilgan jarayonlar uchun yuborilgan materiallar tahlil qilinib, eng yaxshi metodik resurslar mualliflari trener sifatida jalb etildi.
Marafon davomida respublikadagi barcha tuman (shahar)laridagi tayanch maktablari pedagoglar ishtirok etdi va unda mashgʻulotlar bir vaqtning oʻzida matematika, oʻqish va tabiiy-ilmiy savodxonligi, maktabgacha va boshlangʻich kabi 5 ta yoʻnalishga ajratilgan holda oʻtkazildi.
Har bitta mashgʻulotdan soʻng ishtirokchilar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Ta’kidlash lozim, mazkur marafondan pedagoglarning zamonaviy talablar asosida innovatsion pedagogik kasbiy mahoratini rivojlanishiga koʻmaklashish, metodik boʻshliqlarni toʻldirish, xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik koʻrishda koʻmaklashishdan iborat.