Sayt test rejimda ishlamoqda

Umumiy o‘rta ta’limda ta’lim natijalarini baholash konsepsiyasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi

14.05.2024


Joriy yilning 13-may kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy metodik markazida “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim natijalarini baholash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarorini ishlab chiqish yuzasidan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Unda tegishli vazirliklar, vakolatli tashkilotlar mutaxassislari hamda olimlar, pedagogik oliy ta’lim muassasalari va maktab o‘qituvchilari ishtirok etishdi.



Yig‘ilishda taʼlim natijalarini baholashda foydalaniladigan topshiriqlarga qoʻyilgan talablar, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim natijalarini o‘lchash va baholash shkalalari, baholashda inklyuzivlik va tenglik hamda umumiy oʻrta taʼlimda baholash jarayonini tashkil etishda tegishli vazirlik va idoralarning roli kabi masalalar muhokama qilindi. 


Muhokamalar davomida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim natijalarini baholashning amaldagi holati, mavjud muammolar hamda xorijiy tajribalar tahlil qilindi.



Bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan yig‘ilishda ishchi guruh a'zolari ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o'z savollari va takliflarini bildirib o‘tishdi.


Muhokamalar yakunida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi hamda muloqot va hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.