Sayt test rejimda ishlamoqda

"Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha yoʻriqnoma" ishlab chiqildi

17.07.2024


So‘nggi yillarda ta’lim sohasida davlat taʼlim standarti, tayanch oʻquv reja asosida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻqitiladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarini yaratish, takomillashtirish kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. 


Shundan kelib chiqqan holda, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda "Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha yoʻriqnoma" ishlab chiqildi


Mazkur yo‘riqnoma asosida oʻquvchilarda kompetensiyalarning shakllanganlik va oʻquv natijalariga erishganlik darajalarini baholash va monitoring qilish tartibi belgilangan. 


Shu bilan birga umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlarida fanning mazmuni boʻyicha boʻlim (kompetensiya/mazmun soha) va mavzular, ularga ajratilgan vaqt hajmi, mavzularni oʻrganish bosqichlariga koʻra oʻquvchilarning natijalariga qoʻyiladigan talablar, oʻquv natijalarini kodlash mexanizmlari ham yoritib berilgan.