Sayt test rejimda ishlamoqda

Uchtepa tumanidagi 129-maktabda maktab rasmiy veb-sayti taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

11.10.2024


Joriy yilning 8-oktyabr kuni Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda maktab rasmiy veb-sayti taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. 



Unda Ta’limni rivojlantirish markazi xodimlari hamda maktab rahbariyati va jamoasi ishtirok etdi. 


Taqdimot davomida sayt imkoniyatlari hamda undan maktabdagi ta’lim jarayonlarini muvofiqlashtirishda foydalanish imkoniyatlari namoyish qilindi. 



Tadbir yakunida maktab faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha loyihalarda hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olindi.