Sayt test rejimda ishlamoqda

USAID bilan hamkorlikda “All Children Succeeding” loyihasining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi

11.01.2024


Joriy yilning 11-yanvar kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi kordinatori va mas’ul ijrochilar ishtirokida O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.



Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Vohid Xamidov markazga yuklatilgan vazifalar haqida maʼlumot berar ekan, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan bir qator yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik qilish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.


Loyiha kordinatori Kate Lephem loyiha doirasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar rejasi to‘g‘risida taqdimot qildi.



Ta’kidlash lozim, loyihaning asosiy maqsadi inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotini kuchaytirishga, shuningdek, har bir bolaga sifatli ta’lim berish uchun o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirish va malakasini oshirish hamda o‘quv-metodik majmualarini qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan.


Ushbu loyiha doirasida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish boʻyicha takliflar oʻrtaga tashlandi va muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida hamkorlik aloqalarini takomillashtirish va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.