Sayt test rejimda ishlamoqda

Turkiya elchisi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

27.03.2024

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Turkiya missiyasi rahbari markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan tanishtirildi.


Elchi janobi oliylari Olgan Bekar markaz faoliyati Oʻzbekiston taʼlim tizimini rivojlantirishda muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.


Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbollarini belgilab olishdi va hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishishdi.