Sayt test rejimda ishlamoqda

Toshkentda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi

11.12.2024


Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadqiqot o‘tkazildi. 


Ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishi — yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida amalga oshirildi.  



Tadqiqot natijalari asosida markaz vakillari tomonidan maktabda eng yaxshi kitobxonlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning qiziqishlariga mos badiiy kitoblar esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etildi. 



Mazkur tashabbusning samarasi sifatida yoshlar orasida kitobxonlikning ommalashishi va ta’lim sifatining oshishi kutilmoqda.