Sayt test rejimda ishlamoqda

Toshkent viloyatida “Skills Up: nazariyadan amaliyot sari” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi

26.03.2025


Joriy yilning 25-mart kuni Boʻka tumani 3-son DMTTda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy metodik markazi tomonidan Toshkent viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar xodimlari va pedagoglari uchun “Skills Up: nazariyadan amaliyot sari” mavzusidagi tadbir oʻtkazildi.



Onlayn va oflayn tarzda tashkil etilgan tadbirda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakillari, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti oʻqituvchilari hamda viloyatdagi 600 nafardan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rahbar oʻrinbosarlari onlayn tarzda ishtirok etdi.



Mashg‘ulotlar davomida  “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xavfsiz rivojlantiruvchi va ragʻbatlantiruvchi taʼlim muhitinitashkil etishning zamonaviy usullari”, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik maxorat soati” oʻquv kurslarini tashkil etilishining mazmun mohiyati”, “Bolalarning rivojlanish xaritasini yuritish: kuzatish va yakka ishlashni rejalashtirish” va “Bogʻcha yoshidagi bolalarga chet tillarini oʻqitish” kabi mavzularda amaliy treninglar tashkil etildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.