Sayt test rejimda ishlamoqda

Toshkent shahridagi Inha universtiteti rektori va bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

11.10.2024


Joriy yilning 11-oktyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda Toshkent shahridagi Inha universtiteti rektori va bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. 



Muloqot davomida o‘quvchilarga kelajak kasblari xususan, AKT sohasini tanlashda e’tibor qaratiladigan jihatlar hamda bu borada egallanishi lozim bo‘lgan ko‘nikmalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. 



Shuningdek, tadbirda geymifikatsiya asosida dasturlashni o‘rgatadigan CodeMonkey platformasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda platformaning imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun foydali bo‘lgan jihatlariga ham to‘xtalib o‘tildi. 


Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.