Sayt test rejimda ishlamoqda

Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

04.07.2024


Joriy yilning 4 iyul kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Unda taʼlim oluvchi va pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish hamda maktablarda mediasavodxonlik klublarni tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.



Uchrashuv davomida unviersitet vakillari tomonidan hozirgi kunda amalga oshirilayotgan turli loyihalar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.


Bundan tashqari, rivojlanayotgan mamlakatlarda taʼlim sifatini yaxshilash va yoshlarning IT sohasiga qiziqishlarini oshirish boʻyicha hamkorlikka oid tadqiqotlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.



Muzokaralar yakunida oʻzaro hamkorlik boʻyicha aniq takliflar tayyorlash va ularni kelgusi uchrashuvlarda muhokama qilishga kelishib olindi.