Joriy yilning 18-iyul kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari hamda The Physics Aviary platformasi asoschisi Frenk Makkoli o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarning bugungi kundagi holati hamda istiqboldagi rejalar haqida o‘zaro fikr almashildi.
Shu bilan birgalikda, Physics Aviary platformasidagi materiallarni o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish hamda takomillashtirishga doir qator masalalar ham muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.