Joriy yilning 6-noyabr kuni Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari Toshkent shahridagi School 21 kampusida bo'lib o'tgan "Demo kuni" tadbirida ishtirok etishdi.
Tadbir davomida sun'iy intellekt (AI) vositalaridan foydalanishga bag'ishlangan vorkshoplar ham tashkil etildi. Mazkur jarayonlarda ustozlar zamonaviy sun'iy intellekt vositalari, ularning imkoniyatlari va o‘quv jarayonida amaliy qo‘llanilishi haqida foydali bilim va tavsiyalar bilan bo‘lishishdi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar maktabning ta'lim yo'nalishlari va uning o'sish jarayoniga yondashuvi, shuningdek, "tengdosh-tengdoshga" metodologiyasi bo'yicha hamkorlik imkoniyatlari bilan tanishishdi.