Joriy yilning 1-5 aprel kunlari "Samarali boshqaruv va raqamli texnologiyalar asosida hukumat yaratish" qoʻshma oʻquv dasturi boʻlib oʻtmoqda.
Singapur va Qozogʻistonning Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, Fuqarolik xizmati kolleji (Singapur) va Nazarbayev Universiteti (Qozogʻiston) hamkorligida oʻtkazilayotgan tadbirda dunyoning turli davlatlaridan taklif qilingan davlat boshqaruvi va raqamlashtirish sohasidagi mutaxassislar qatorida markaz bosh mutaxassisi Shukurullo Sagʻdullayev ham ishtirok etmoqda.
Dastur davomida davlat boshqaruvi va elektron hukumatni raqamlashtirish sohasida ishtirokchi mamlakatlarda duch keladigan muammolar muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, taʼlim tizimida raqamli xizmatlar va platformalarni rivojlantirish, maʼlumotlar sifatini taʼminlash, axborot tizimlarini integratsiyalash, sunʼiy intellekt va robotlashtirishni joriy etish boʻyicha oʻzaro tajriba almashilishi koʻzda tutilgan.
Dastur davomida Singapur va Qozogʻistonning yetakchi raqamli hukumat, raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyat loyihalari hamda ularni Oʻzbekiston taʼlim sektoriga moslashtirish yoʻnalishlari oʻrganilmoqda.
Bu esa kelgusida barcha taʼlim portallarini yagona tizimga integratsiya qilishga yordam berishi kutilmoqda.